Kun oxirida yetti hududda 165 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oshib, 17 314 nafarni tashkil etmoqda. bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

135 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

10 nafari Surxondaryo viloyatida;

6 nafari Farg‘ona viloyatida;

2 nafari Sirdaryo viloyatida;

4 nafardan Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 69 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafari, Andijon viloyatida 44 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 11 nafar, jami 184 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 9 463 (+184) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 7 760 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing