Kun oxirida O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar keskin ko‘paydi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
19560Bugun, 1 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110 nafarga oshib, 8781 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 10 nafar Sirdaryo viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Samarqand va 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 5847 (+165) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2907 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi