So‘nggi soatlarda koronavirusga chalinganlar 214 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 1 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 214 nafarga oshib, 24 783 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 193 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun mamlakatimizning 12 ta hududida jami 835 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi. 

Shunday qilib, yurtimizda 15 299 (+835) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 337 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing