Ko‘chaga chiqishi ma’n etiladi — Prezident

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 mart kuni o‘tkazilgan koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida odamlarga karantin davrida ko‘chaga chiqmaslikni buyurdi. 

“Kechagi va bugungi videoselektorda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha qanday ishlash nuqtai-nazaridan hamma choralarni aytdik. Endi tarmoqlar bo‘yicha iqtisodiyotimizda nimalar qilishimiz kerak? Pandemiya insonlar salomatligi bilan birga, albatta, iqtisodiyot tarmoqlariga ham ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bugungi sharoitda qanday ishlash kerakligi nuqtai-nazaridan aniq vazifalarni kelishib olishimiz kerak.

Chegaralarni hammasini yopdik. Kechagi aytgan hamma tavsiyalarni, bergan topshiriqlarni vaqtida bajarish kerak. Bitta narsani bilishinglar kerak-ki, “manga ta’sir qilmaydi, manga tegishli emas”, degan rahbar, fuqaro, tadbirkor, ishbilarmon, umuman, nuroniylarimiz, oqsoqollarimiz va yoshlarimiz xato qiladi. Hammamizga bog‘liq bu narsa. O‘zimizga bog‘liq.

Hammaga ta’sir qiladi. Agar kimda-kim kasalligini yashirib uyda o‘tirsa, u o‘ziga emas, mana shu O‘zbekistonimizga, xalqimizga xavf-xatar yetkazayotgan omil bo‘ladi. Bu bo‘yicha jinoiy javobgarlik bor. Endi tashqaridan kelishi mumkin emas, bu xavf-xatar, hamma yer yopildi. Faqat ichkaridagi kasallanganlarni o‘z vaqtida aniqlasak va profilaktika ishlarini, men aytgandek, oynai-jahon, ro‘znamolarda har kuni olimlarimiz, mutaxassislarimiz chiqib, nima qilish kerakligi bo‘yicha aniq-aniq hamma narsani tushuntirib beryapti. Telefonlarimiz bor, saytlarda chiqarayapmiz. hamma buni bilishi kerak. 

Har bir hokim bitta narsani bilinglar – “bu mani viloyatimga kelmadi”, “bu bizning viloyatda yo‘q, bizning tumanimiz tinch”, deb bemalol yurishlaring u xiyonat. Takror-takror aytaman, hamma profilaktik ishlarni, aytilgan chora-tadbirlarni hamma o‘z vaqtida bajarishi kerak.

Ko‘p odamlarimiz karantinni tushunmasdan, uyida o‘tirganlar ko‘chaga chiqib ketyapti. Chiqishi ma’n etiladi uni. Yurishi ham man etiladi. Nimaga desangiz u mana shu kasallikni tarqatuvchi hisoblanadi. Markazlashgan joylarni qilish oson, lekin ko‘p joylarda bizdagi ma’lumotlar bo‘yicha markazlashgan joylardan ham kimdir chiqyapti. Ma’n etiladi. 

Jipslashib, hammamiz bir bo‘lib, aytilgan gaplarni qilib, shifokorlarning tavsiyalarini to‘g‘ri amalga oshirsak, hamma masalalar joy-joyida bo‘ladi. Mana, Xudoning o‘zi ham yordam berib, kundan-kun isiyapti, har kuni 2-3 darajaga. Ertaga, mana, 25, ertadan keyin 26 bo‘lyapti. Bu bizga juda katta madad bo‘lyapti. 

Bir tahlil qilinglar, dunyo savdosi to‘xtadi hammasi. Lekin hayot davom etyapti. Biz mana shunday og‘ir paytda o‘zimiz hamma narsani qo‘lga olib, rahbar bo‘lgan odam – tashkilotning rahbari, korxonaning rahbari, qo‘shma korxonaning rahbari, tadbirkorlar – hammasi hozirgi voqealarga befarq bo‘lmasa, Xudo xohlasa, bundan chiqib ketamiz. Man bugun katta farmonga qo‘l qo‘ydim. Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzildi. Hamda ushbu jamg‘armaga 10 trln so‘m ajratilmoqda. Har bir viloyatni, har bir tarmoqni bu 10 trln so‘mni ichida o‘zining ulushi bor”, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 23 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘ylab 16 ming kishi karantinga olingan


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev karantin koronavirus

Baholaganlar

1555

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing