Kubada yuz minglab odamlar suvsiz qoldi

Olam

image

Kubada suv tanqisligi tobora kuchayib bormoqda. Xususan, poytaxt Gavanada oziq-ovqat, yoqilg‘i va elektr quvvati tanqisligi tufayli yuz minglab aholi muammolarga duch keldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, 600 000 dan ortiq odam ya’ni, 10 million aholiga ega Kubadagi har 20 kishidan 1 nafari suv ta’minoti muammosidan aziyat chekmoqda.

Rasmiylar o‘sib borayotgan muammolarni barbod bo‘lgan infratuzilma va yonilg‘ining doimiy yetishmasligi, mamlakatni deyarli bankrotga olib kelgan “yiringli” iqtisodiy inqiroz oqibatlari bilan bog‘laydi.

32 yoshli fuqaro Reychel Triminyoning so‘zlariga ko‘ra, asosiy sabablar hatto uning Gavanadagi Vedado mahallasida ham, poytaxtning nisbatan yuqori okrugida ham sir emas.

“Hamma ko‘chalar sizib oqayotgan quvurlarga, toza suvga to‘la... lekin uylarimizda hech vaqo yo‘q”, deydi u.

Hukumatning ta’kidlashicha, Gavana suv tanqisligidan eng ko‘p zarar ko‘rgan, ammo mamlakatning aksariyat yirik shaharlarida 30 000 dan ortiq aholi suvsiz qolgani haqida ma’lum qilingan.

Rasmiylarga ko‘ra, eskirgan suv infratuzilmasining quvurlar va nasoslari uchun ehtiyot qismlar yetishmaydi. Aholi vakillari esa yoqilg‘i va tegishli transport bo‘lmasa, hatto sisternali yuk mashinasida favqulodda suv ta’minoti ham cheklanganini ta’kidlaydi. Ba’zi hududlarda yakka tartibdagi norozilik namoyishlari avj olgan.

Nashrga ko‘ra, Kuba iqtisodiyoti COVID-19 pandemiyasi, AQSH sanksiyalarining kuchayishi, byurokratiya, noto‘g‘ri boshqaruv va korrupsiyaga botgan hukumat tufayli tanazzulga yuz tutdi. Ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz Fidel Kastroning 1959 yildagi inqilobidan keyin eng yomoni darajaga yetgan. Bu so‘nggi ikki yil ichida rekord darajada ko‘p sonli kubaliklarning vatanini tashlab ketishiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kuba Gavana suv tanqisligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing