Tramp Kuba hukumati qulashini aytdi
Olam
−
15:29 424 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Kubadagi hokimiyat tizimi Amerika administratsiyasining bosimi ostida qulashini aytdi. Bu haqda u kecha, 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi chog‘ida gapirdi.
“Mening administratsiyam Kubadagi vaziyatda tub o‘zgarishlarni xohlaydi, u yerda kommunistik rejim o‘z tarixidagi eng katta, haybatli bosim ostida qolmoqda. Bu mutlaqo barbod bo‘lgan davlatdir. U ilgari hech qachon bo‘lmagandek parchalanib bormoqda va u qulaydi”, deydi Tramp.
Amerika Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Davlat kotibi Marko Rubio Kuba bilan muzokaralar olib bormoqda.
“U Kuba bilan muzokaralarga butunlay sho‘ng‘igan. Keling, bundan nima chiqishini ko‘raylik”, deydi Tramp.
Kubalik diplomatlar AQSH prezidentining Kubaga bosim haqidagi so‘zlaridan so‘ng BMT Bosh Assambleyasi zalini tark etgan.
Ma’lumot uchun, bu yil AQSH Kubaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi – orol-davlatga neft yetkazib beruvchi mamlakatlar uchun bojlar joriy etdi, buning oqibatida Kubada energetik inqiroz yuzaga keldi. Donald Tramp Kubada davlat tuzumini o‘zgartirishga erishishga harakat qilayotganini ochiq aytib keladi. Amerika OAVlari esa AQSHning Kubada harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida bir necha bor yozgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel AQSH ma’muriyatini mamlakatga qarshi neft embargosi va kuchaytirilgan sanksiyalar siyosati orqali “siyosiy genotsid” yuritayotganlikda ayblagandi.
Live
Barchasi