Kubada meteorit quladi va portladi 

Olam

image

Seysmologlar Kubaning sharqida meteorit qulaganini qayd etdi. Kosmik ob’ekt Kubaning Olgin provinsiyasidagi Moa shahri hududiga qulab tushgan. Bu haqda "Cubadebate" xabar bergan.

Xabar qilinishicha, kecha, 19 mart kuni Moa seysmologik stansiyasi osmonda bir nechta yorug‘lik hodisalarini qayd etgan. 

Gazetaning yozishicha, guvohlar qizil va oq nurni ko‘rishgan, so‘ngra ikkita portlash sodir bo‘lgan. 

"Datchiklarning ko‘rsatkichlariga ko‘ra, bu Yerdagi portlash emas edi, lekin shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan hodisa bo‘lgani uchun bizning uskunalarimiz zarba to‘lqinini qayd etdi", degan jurnalistlarga Milliy seysmologiya xizmati rahbari Enrike Arango Arias. 

Boshqa guvohlar osmonda yorug‘lik va kuchli chaqmoqqa o‘xshagan charaqlash ko‘rgan. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular zarba va portlashlarni sezmagan. 

Vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kuba meteorit

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing