“Krokus” teraktida ayblanayotganlar o‘zlarining koordinatori kim ekanini ochiqladi
Olam
−
08 aprel
67879Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”da terakt uyushtirishda ayblanayotganlar ularning koordinatori Sayfullo ismli shaxs ekanini ochiqladi. Bu haqda “Birinchi kanal”da Rossiya Federatsiyasi FXXning gumonlanuvchilarni so‘roq qilish haqidagi tegishli videolavhasida e’lon qilindi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Sayfullo ismli shaxs ular bilan bog‘lanib, ularning har biriga 1 million rubldan va’da qilgan.
"Sayfullo bizga Ukrainaga, Kiyevga borishni aytdi. U yerda bizga bir million rubl berishardi", deydi ayblanuvchilardan biri so‘roq paytida.
“Krokus”da terakt uyushtirganlikda ayblanayotgan yana bir shaxs Ukraina chegarasini kesib o‘tishda va’da qilingan yordam haqida gapirdi.
“Biz Kiyevga borib, u yerda pulni olishimiz aytilgandi. Har birimizga bir million rubldan pul berilishi kerak edi. Sayfullo Ukraina chegarasida bizni yigitlar kutib turishini, chegaradan o‘tib, ular Kiyevga yetib borishimizga yordam berishini aytgandi”, deydi ayblanuvchilardan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 6 aprel kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron va boshqa qator G‘arb yetakchilari Rossiya Federatsiyasidagi teraktning homiylari ekanini iddao qilib chiqqandi.
Shuningdek, u Fransiya va Ukraina o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv "uch milliard yevroga teng roman" ekanini aytgandi.