“Krokus terakti” tergovi qachon tugashi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahri yaqinidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha tergov qachon tugashi haqida dastlabki taxminlar paydo bo‘ldi. Bu haqda ayblanuvchilardan birining advokati ma’lum qildi.

Himoyachining bergan intervyusiga ko‘ra, mamlakatning tergov organlari tez orada jarayonni yakunlaydi va 2024 yilning avgust oyida ish ko‘rib chiqish uchun sudga yuboriladi. 

“Bu ish bo‘yicha tergov harakatlari yaqin kunlarda yakunlanadi, shundan so‘ng ish materiallari ko‘rib chiqish uchun joriy yilning avgust oyidan kechiktirmay sudga topshiriladi. Ehtimol, ishni Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi ko‘rib chiqadi”, deydi advokat.

Shuningdek, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish va e’tiborsizlik holatlari alohida ish yuritishga ajratilib, ular yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, “Krokus Siti Holl”dagi terakt joriy yilning 22 mart kuni sodir bo‘lgan – qurolli shaxslar konsert zaliga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘q uzishni boshlagan. Ular binoga o‘t qo‘yib, qochib ketgan. Terakt oqibatida 145 kishi halok bo‘ldi, 550 dan ortiq kishi jarohatlandi. Hujum uchun javobgarlikni ISHIDning “Viloyati Xuroson” guruhi o‘z zimmasiga oldi. Jami 20 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilib, ayblanuvchi sifatida ularning 18 nafariga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Qolgan 2 nafariga esa yashash joyini tark etmaslik majburiyati yuklangan.

Bundan tashqari, teraktdan ko‘p o‘tmay, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi (beparvolik)ga ko‘ra, “Krokus” yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i va ushbu ob’ektdagi yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya “Krokus” teraktini fosh qilishda O‘zbekistondan yordam olayotgani aytilgandi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov esa teraktdan maqsad MDHdagi munosabatlarni buzish bo‘lganligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon shu yilning 9 may kuni  Putin bilan bo‘lgan suhbatda terakt Tojikiston imijiga jiddiy putur yetkazganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Krokus terakti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing