“Krokus”dagi teraktda 40 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi – FXX
Olam
−
23 mart 2024
12043Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Krokus siti xoll” konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda "Interfaks" Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, jabrlanganlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Razvedka xizmatlari tezkor-qidiruv tadbirlarini olib boryapti.
"To‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonada og‘ir ahvolda", deydi Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev.
"112" Telegram-kanalida jabrlanganlar orasida 12 yoshli bola ham borligini ma’lum qildi. Manbalarga ko‘ra, terakt oqibatida 140 ga yaqin odam jarohat olgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni kechqurun qurollangan shaxslar Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus siti xoll” konsert zaliga tashrif buyuruvchilar va xodimlarga qarata o‘t ochgandi. Ko‘p o‘tmay, bino yonib ketdi.
LiveBarchasi