Kreml Zelenskiyning Il-76 halokatini tergov qilish haqidagi talabiga javob berdi

Olam

image

Rossiyaning Belgorod shahri yaqinida halokatga uchragan Il-76 harbiy samolyoti bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishiga agar bu “Kiyev rejimining jinoiy harakatlari” bo‘yicha tergov sifatida qaralsa rozi bo‘ladi. Bu fikrni Rossiya Prezidentining vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aviahalokat yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilish haqidagi bayonotiga izoh berdi.

“Agar u Kiyev rejimining jinoiy harakatlari bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazilishini nazarda tutayotgan bo‘lsa, bu, albatta, zarur”, degan Peskov.

Samolyot nima uchun urib tushirilgani so‘ralganda, Kreml vakili Zelenskiyning ofisiga qo‘ng‘iroq qilishni va savolni u yerda berishni taklif qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kun avval aynan nima bo‘lgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Tergovchilar samolyot qoldiqlarini o‘rganishni 24 yanvar kuni kechqurun boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Il-76 harbiy-transport samolyoti 24 yanvar kuni ertalab Belgorod viloyatida halokatga uchradi. Rossiya Mudofaa vazirligining da’vo qilishicha, bortda Belgorodga almashish uchun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik harbiy asir, shuningdek, olti ekipaj a’zosi va uch nafar hamroh bo‘lgan. Ularning barchasi, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, vafot etgan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Il-76 halokatini terakt deb atadi va bunda Ukraina harbiylarini aybladi. Ukraina hukumati halokat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Ukraina harbiy razvedkasi 24 yanvar kuni Moskva va Kiyev asirlarni almashishga tayyorlanayotganini tasdiqladi va Ukraina tomonida Il-76 bortida kim bo‘lgani haqida ishonchli ma’lumotlar yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy samolyot halokati bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Il-76

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made