Kreml Ukrainadagi urushni front chizig‘ida muzlatish taklifini rad etdi

Olam

image

Rossiya uchun Ukrainaga bosqinini jangovor to‘qnashuv chizig‘ida muzlatish “apriori (oldindan ma’lum bo‘lgan narsa) qabul qilib bo‘lmas” holat. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.  

“Bu holatda Prezident Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan shartlar o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun aynan shu ishlarni amalga oshirish kerak”, dedi Peskov.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bloomberg” Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rejalaridan xabardor manbalarga tayanib, uning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha o‘z taklifini G20 yetakchilari yig‘ilishida taqdim qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Rajab Toyib Erdo‘g‘an jangovor to‘qnashuv chizig‘ida harbiy harakatlarni muzlatish va Ukrainaning NATOga qo‘shilishini 10 yilga kechiktirishni o‘z ichiga olgan tinchlik rejasini taklif qilish niyatida.

Shuningdek, oldinroq jangovar to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab (tahminan 1,3 ming kilometr uzunlikda) harbiy harakatlarni “muzlatish” taklifini AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ham bildirishi mumkinligi xabar qilingandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing