Kreml Seulni jiddiy ogohlantirdi
Olam
−
21 fevral 15177 1 daqiqa
Rossiya rasmiylari Janubiy Koreyani “Ukrainaga AQSH qurollarini yetkazish bo‘yicha ustuvor talablar” tashabbusiga (PURL) qo‘shilsa, unga nisbatan javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishi haqida ogohlantirdi, jumladan “asimetriya – harbiy yoki siyosiy harakatlar”dan foydalanilishi iddao qilindi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Maria Zaharovaning aytishicha, agar Seul PURL doirasida Ukrainaga AQSH qurollarini sotib olishga qatnashsa, bu ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar yetkazadi va Koreya yarimoroli bo‘yicha konstruktiv muloqotni tiklash imkoniyatini yo‘q qiladi.
Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi NATO bilan maslahatlashuvlar olib borayotganini bildirgan. Qayd etish joizki, urush boshlangandan beri Seul Kiyevga faqat insonparvarlik va qurolsiz yordam ko‘rsatgan. Agar PURL’ga qo‘shilsa ham, uning hissasi asosan qurolsiz jihozlar bilan cheklanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Ukrainaga turli yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani, shu jumladan Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha PURL dasturiga qo‘shilishni ham o‘ylayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi