Kreml Putin Mirziyoyev bilan qachon uchrashishini ochiqladi
Olam
−
04 Oktabr 2023
106466 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvada rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz Rossiya-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish niyatidamiz”, deyiladi xabarda.
Kremlning aniqlik kiritishicha, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, bir qator idoralararo va tijorat hujjatlari imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati avvalroq Shavkat Mirziyoyev Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga borishi haqida xabar bergan edi.