Kreml Putin Gelenjikdagi koshonaga borgani haqidagi mish-mishga munosabat bildirdi
Olam
−
01 fevral 2021
6952Rossiyaning Gelenjik shahrida qurilayotgan va Prezident Vladimir Putinniki ekani iddao qilingan saroy keyinroq rossiyalik milliarderga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay esa Putin Gelenjikdagi saroyga kamida to‘rt marta tashrif buyurgani xususida ma’lumotlar tarqaldi.
Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putinning Gelenjikdagi “saroy”ga tashrif buyurgan yoki buyurmaganligi haqidagi savolga javob berdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin xususiy qurilish maydonchalariga bormaydi.
“Yo‘q. Men hali ham bilmayman. Ammo boshqa tomondan, Prezident qurilish ishlari bilan shug‘ullanmaydi. U ko‘plab qurilish maydonlariga tashrif buyuradi, ammo ular ijtimoiy ob’ektlar”, degan Kreml vakili jurnalistlarning savoliga javoban.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi hamda muxolifat yetakchisi hisoblangan va ayni vaqtda panjara ortida bo‘lgan Aleksey Navalniy “Putin uchun saroy” nomli yirik surishtiruv filmini e’lon qilgandi.
So‘ng, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Gelenjikdagi hashamatli saroy o‘zi yoki qarindoshlariniki emasligini ma’lum qilgandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, Gelenjikdagi hashamatli uy bir yoki bir nechta ishbilarmonga tegishli ekanini aytgan.
Keyinchalik, rossiyalik milliarder Arkadiy Rotenberg saroyning benefitsiari ekanini ma’lum qilgandi. Rotenberg hashamatli saroyda yuqori toifali mehmonxona tashkil qilishini aytgandi.
LiveBarchasi