Putin Nazarboyevning taklifiga “silliqqina” yo‘q dedi
Olam
−
13 noyabr 2019
21667Kreml Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvini tashkillashtirish taklifiga munosabat bildirdi.
“Kreml Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Moskva va Kiyev munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan sa’yi-harakatlarini yuqori baholaydi”, deydi Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Peskovning Rossiya yetakchisi Putin Ukraina Prezidenti Zelenskiy bilan uchrashishdan hech qachon bosh tortmasligini, biroq hozir hammaning diqqati “normand shaklidagi” uchrashuvga qaratilganini ta’kidladi.
“Putin shunchaki uchrashuv o‘tkazish kam foyda keltiradi deb hisoblaydi. Uchrashuvga yaxshi tayyorlangan bo‘lish kerak. Shu bois hozirda barchamiz diqqatimizni “normand shaklidagi” jarayonlar tayyorgarliklariga qaratganmiz. Buning uchun, albatta, tomonlar Minskda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajargan bo‘lishlari shart”, dedi Peskov.
Prezident kotibi davlat rahbari hamisha Kiyev va Moskva munosabatlarining “jonlantirilishi” va normal holatga qaytishi tarafdori bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Putin va Zelenskiy uchrashuvini neytral hudud – Qozog‘istonda o‘tkazish taklifini bildirgandi.
LiveBarchasi