Kreml Qrim borasida Baydenga javob qaytardi 

Olam

image
Kreml “hamlasi“: Putin Rossiyasi Qrimni qanday qilib “bosib“ olgandi? north_east

Kreml “hamlasi“: Putin Rossiyasi Qrimni qanday qilib “bosib“ olgandi?

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerika “Qrimni Rossiya tomonidan maqsadli ravishda qo‘shib olinishini hech qachon tan olmasligi” va Moskvaning “tajovuzkor harakatlariga qarshi” Ukraina bilan yonma-yon turishini aytgandi. 

Shundan so‘ng, Rossiya rahbari Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Baydenning gaplariga o‘z munosabatini bildirdi. 

Peskovga ko‘ra, Rossiya Qrimni anneksiya qilmagan, yarimorolning mamlakat bilan birlashishi xalqaro qonunchilik asosida amalga oshirilgan. 

“Hech kim Qrimning anneksiyasi haqida gapirmaydi, bunday holat hech qachon bo‘lmagan. Xalqaro huquqning barcha normalariga muvofiq birlashish bo‘lgan”, degan Matbuot kotibi. 

Ma’lumot o‘rnida, Qrim 2014 yilda Ukrainada boshlangan "Maydon" voqealari vaqtida Rossiya tomonidan egallangan. G‘arb davlatlari RFning bu harakatini suveren davlat hududini anneksiya qilish deb baholab, unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Qrim

Baholaganlar

770

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing