Kreml AQSH va NATOning rad javobini qanday qabul qildi?

Olam

image
AQSH Rossiyaning mislsiz talablariga javob berdi  north_east

AQSH Rossiyaning mislsiz talablariga javob berdi 

Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflariga AQSHning javobidan keyin munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlardan umid qilib bo‘lmaydi. Kreml vakili, Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Dmitriy Peskov kecha, 27 yanvar kuni jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning bayonotlariga ishora qildi.

“Rossiya Federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan asosiy xavotirlarni rad etish haqida aniq so‘z yuritishdi. Bundan kelib chiqqan holda, tabiiyki, optimizm uchun ko‘p sabablar yo‘q”, degan Kreml vakili.

Shu bilan birga, u AQSHning Rossiya Federatsiyasi takliflariga munosabati bo‘yicha “har qanday konseptual baho berishdan” o‘zini tiygan.

Peskov AQSH javobida tomonlar o‘rtasida murosa qilish uchun imkon bormi degan savolga ham javob berishdan chekingan.

“Kecha [AQSH va NATOdagi] hamkasblarimizning ularga topshirilgan hujjatlar loyihalarida ko‘rsatilgan asosiy yo‘nalishlar nuqtai nazaridan aytgan so‘zlardan shunisi aniq bo‘ldiki, bizning mulohazalarimiz inobatga olindi yoki xavotirlarimizni hisobga olishlari mumkin deb bo‘lmaydi”, degan Peskov.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Kreml AQSH va NATOning javoblariga izoh berishga shoshilmaydi, ularni tahlil qilish uchun vaqt kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

676

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing