Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
24 yanvar 2023
9414Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatida kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Samarqandda “Aloqabank” filialining Ishtixon kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazi sobiq rahbari A.S. “M.A.” va “H.T.” xususiy korxonalari mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, “M.A.” kompaniyasiga 2 ta Isuzi yuk transport vositasini sotib olish uchun ajratilgan 900 mln so‘m kreditni naqdlashtirib olgan.
Shuningdek, A.S. 9 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga 262,2 mln so‘m mikroqarz ajratib o‘zlashtirgan. Bundan tashqari, u “A.F.” kompaniyasiga ajratilgan kreditning 150 mln so‘mini “S.I.” mas’uliyati cheklangan jamiyati orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Chirchiq shahrida esa “Sh.S.” MCHJ rahbari R.T. va boshqalar fuqaro D.D.ga tegishli noturar binoni garovga qo‘yib, bank filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan 430 mln so‘mlik qurilish materiallarini sotib yuborgani aniqlangan.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “D.Q.” MCHJ rahbari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga olingan qurilish materiallarini sotib yuborib, jami 400 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi