Kostenko konidagi portlash aybdorlari aniqlandi

Olam

image

Joriy yilning oktyabr oyida Qozog‘istonning Kostenko konida sodir bo‘lgan portlashni tekshirish bo‘yicha hukumat komissiyasining ishi yakunlanib, xavfsiz mehnat talablarini buzishga yo‘l qo‘ygan 19 nafar mas’ul shaxs aniqlandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Aniqlanishicha, yong‘in chiqishi va metan-havo aralashmasining keyingi portlashi qirg‘ich konveyer elementlarining zarbasi va ishqalanishidan hosil bo‘lgan mexanik uchqundan gaz (metan) yonishi oqibatida sodir bo‘lgan. Gazning o‘zi esa yotqizilgan qatlamdan chiqib ketgan”, deb yozadi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Komissiya tomonidan sanoat xavfsizligi talablari buzilishi holatlari ham aniqlangan.

“Komissiya ishining natijalariga ko‘ra ish beruvchining 100 foiz aybi borligi, ishni xavfsiz bajarish talablarini buzgan 19 nafar mas’ul shaxs aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Mehnat qonunchiligiga muvofiq tergov materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan. Bosh prokuraturaga ko‘ra, hozirda konning 7 kishidan iborat rahbariyati va texnik xodimlari ko‘mir qazib olishda xavfsizlik choralarini ta’minlamaganlikda gumon qilinmoqda. Ular Qarag‘anda viloyatining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lgandi. Fojia oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi. 

Holat yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kondagi portlashdan so‘ng, “ArselorMittal Temirtau” bilan investitsiyaviy hamkorlikni to‘xtatishni buyurgan. Davlat rahbari 29 oktyabrni halokat qurbonlari xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

portlash Kostenko koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing