Kosonsoydagi 8 asrlik chinor nega kesildi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 800 yillik chinor daraxti kesilayotgani haqida e’tirozli xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, murojaat va e’tirozlar atroflicha o‘rganilgan. 

На данном изображении может находиться: растение, дерево, на улице и природа

“O‘rganish natijalariga muvofiq Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘i markazida ko‘p yillik bir tup chinor daraxti mavjud bo‘lib, mazkur chinorning yon shoxi tabiiy omillar ta’sirida to‘liq qurib qolganligi hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solish ehtimoli mavjudligi sababli, shuningdek, sog‘lom qismiga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan faqat qurigan shoxi kesilgan”, deyiladi qo‘mita bayonotida 

На данном изображении может находиться: на улицеНа данном изображении может находиться: обувь, на улице и природа

Kelgusida mazkur bog‘ “Obod markaz” dasturi asosida rekonstruksiya qilinib, chinor daraxti ko‘p asrlik tabiat yodgorligi sifatida uning yon-atroflarini maxsus to‘siq bilan o‘rash olish rejalashtirilgani aytilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Kosonsoy Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing