Kosmosga uchirilgan raketani yashin urdi
Olam
−
27 may 2019 6668 1 daqiqa
Bugun, 27 may kuni Moskva vaqti bilan 9:23 da Plesetsk kosmodromidan start olgan “Soyuz-2.1b” raketasini yashin urdi. “Roskosmos” Davlat korporatsiyasi bosh direktori Dmitriy Rogozin raketani yashin urishi tasvirlangan videoni Twitter’dagi sahifasida joyladi.
Pozdravlyayem komandovaniye Kosmicheskix voysk, boyevoy raschyot kosmodroma Plesetsk, kollektivы RKS "Progress" (Samara), NPO imeni S.A.Lavochkina (Ximki) i ISS imeni akademika M.F.Reshetnyova (Jeleznogorsk) s uspeshnыm zapuskom KA GLONASS!
— Dmitriy Rogozin (@Rogozin) 27 maya 2019 g.
Molniya vam ne pomexa pic.twitter.com/1cmlZ4hD1g
Hodisa tashuvchi raketa start olganidan 10 soniya o‘tib sodir bo‘lgan. Ammo missiya bajarilishiga halal bermagan.
“Ishga tushirish odatiy tartibda o‘tdi. Ob-havo bizga bahona emas, biz har qanday sharoitga chidamli jangchilarmiz. Bu yashin bizning kosmik raketa qurolimizga zarar yetkazolmasligini isbotladi”, degan Plesetsk kosmodromi boshlig‘i general-mayor Nikolay Nestechuk.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025