Koronavirusni davolash uchun Koreyadan O‘zbekistonga yana bir mutaxassis keladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In bilan telefonda muloqot qilgani haqida xabar bergan edik. Suhbat davomida Prezidentlar o‘zaro strategik sheriklik masalalari bilan bir qatorda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha ham fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun Mun Chje Inga samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Prezidentlar muloqotidan ma’lum bo‘lishicha, shu oyda Koreyadan O‘zbekistonga yana bir tajribali mutaxassis – anesteziolog-reanimatologning kelishi kutilmoqda. Fuqarolarni evakuatsiya qilish va zarur tibbiyot vositalari yetkazish uchun charter reyslar tashkil etilgan.

Prezidentlar O‘zbekistonda Koreya tibbiyotining, shu jumladan karantin tadbirlarini tashkil etish, kasalliklarni aniqlash va davolash, reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi tajribasini joriy etishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida O‘zbekistonga koronavirusni davolash uchun Janubiy Koreyaning Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro ekspert sifatida kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing