Koronavirusga qo‘shimcha ravishda pnevmoniya ham keng tarqalmoqda – Mirziyoyev
Jamiyat
−
23 iyul 2020
19551Avvalroq, O‘zbekistona Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishda pandemiyaga qarshi qanday kurashilayotgani masalasi muhokama qilinib, karantin muddatini uzaytirishga ruxsat berilgani xabar qilingandi.
Yig‘ilishda Prezident O‘zbekistonga koronavirusdan tashqari pnevmoniya ham kirib kelganini ma’lum qildi.
“Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘payib bormoqda. Koronavirusga qo‘shimcha ravishda pnevmoniya holatlari ham keng tarqalmoqda. Shu sababli, oxirgi 10 kunda 4 ta selektor o‘tkazib, hokimlar, vazirlar va boshqa mutasaddi rahbarlarga qo‘shimcha davolash o‘rinlarini tashkil etish, simptomsiz kasallarni uyda tizimli davolash, ularni zarur dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta’minlash, tez tibbiy yordam tizimi ishini yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar bergan edim”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bugun ularning hisobotini eshitadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, shu kungacha pnevmoni holatlari ko‘payayotgani haqida turli xabarlar tarqalsa-da, rasmiy ma’lumot berish paysalga solib kelinayotgandi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023