Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalarga amal qilish kerak?
Salomatlik
−
24 Oktabr 2020
11586So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ham koronavirusga qayta chalinish holati kuzatilgan. Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak? Bu haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova muhim ma’lumotlarni taqdim etdi.
Mutaxassisning tavsiyasiga ko‘ra, kasal bo‘lmaslik uchun uning oldini olish, ya’ni profilaktika zarur.
“Birinchi navbatda immunitetning yuqori bo‘lishiga erishish, buning uchun organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish (to‘g‘ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy xotirjamlikka erishish) zarur”, dedi Barno Odilova.
Uning ta’kidlashicha, kuniga kamida 4-5 mahal ovqat iste’mol qilish, tarkibida yog‘, tuz, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlardan tiyilish zarur. Bundan tashqari, kuchli gazlangan rangli hamda energetik ichimliklardan voz kechish talab etiladi.
“Kuniga 400 gr. dan kam bo‘lmagan miqdorda xom holdagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish, ovqatning bir xilda bo‘lishidan cheklanib, ratsionga go‘sht mahsulotlari bilan bir qatorda albatta sut va qatiq mahsulotlari, dukkakliklar, ko‘katlarni qo‘shib iste’mol qilish zarur”, dedi u.
Barno Odilova, shuningdek, gripp mavsumida piyoz, chesnok va limonning ham alohida o‘rni borligi haqida ham ta’kidlab o‘tdi.
“Shuningdek, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan cheklanish, ko‘chaga chiqqanda himoya vositalaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish talab etiladi”, dedi mutaxassis.
LiveBarchasi