Koronavirusga qarshi vaksinalarning kamchiligi ma’lum qilindi

Salomatlik

image

Koronavirusga qarshi eng samarali vaksinalar emlashning ikki bosqichini o‘z ichiga oladi. Buning salbiy tomoni shundaki, bemor o‘zini emlatishga ikkinchi marta bormasligi mumkin va shu bilan vaksina o‘z samarasini yo‘qotishi ehtimoli katta. Bu haqda Jorj Meyson universiteti professori Ancha Baranova ma’lum qilgan. 

"Bu ushbu vaksinalarning zaif tomoni. Xavf shundaki, odamlar birinchi vaksinani olishadi, ammo ikkinchi marta emlatishga borishni unutishadi yoki olgan vaksinalarining ba’zi salbiy taraflarini o‘qib qolishadi va borishni xohlashmaydi", degan Baranova. 

Shuningdek, u agar odamlar ikkinchi marta emlatishdan bosh tortishsa, ommaviy emlash kampaniyasining samaradorligi deyarli yo‘q bo‘lishini ma’lum qilgan.

Baranovaning qo‘shimcha qilishicha, hozirda bir martalik emlanish uchun mo‘ljallangan Xitoy vaksinasi ishlab chiqilmoqda, ammo uning samaradorligi haqida juda kam narsa ma’lum.

Avvalroq, Rossiya investitsiya jamg‘armasi va Hindistonning farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Hetero” kompaniyasi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv tuzgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda ham vaksinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS VAKTsINA

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing