Koronavirusga qarshi vaksina pandemiyaga barham beradi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp yaiinda shtatlarda koronavirusga qarshi vaksinaning paydo bo‘lishini va bu pandemiyaga barham berishini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbarining 25 oktyabr, yakshanba kuni Nyu-Gempshirdagi tarafdorlari oldida qilgan nutqida aytilgan. Uchrashuvni FoxNews telekanali translyatsiya qildi.

"Biz oqimni o‘zgartirishga yaqinmiz, ammo vaksina uni tezlashtiradi. Chunki biz normal hayot tiklanishini istaymiz, biz shunchaki normal hayotni xohlaymiz", dedi Tramp.

Shu bilan birga, Amerika rahbari koronavirusga qarshi preparat tez orada tayyor bo‘lishini ta’kidladi.

Qo‘shma Shtatlar koronavirusdan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusning 8 882 350 holati tasdiqlangan. Bemorlardan 5 762 306 nafari butkul sog‘aygan bo‘lsa, 230 474 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp vaktsina koronavirus

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing