Koronavirusga qarshi vaksina kimlarga ta’sir qilmaydi?

Salomatlik

image
Immunitet tanqisligi muammosi mavjud odamlarni koronavirusga qarshi emlash samarasiz bo‘lishi mumkin. Bu haqda rossiyalik virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altshteyn ma’lum qilgan
 
Avvalroq, Rossiyaning Gamaley markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusga qarshi emlangan to‘rt toifa kishilarda antitanalar yaxshi shakllanmasligini ma’lum qilgan. Ular, keksalar, ichkilikka mukkasidan ketganlar, stress holatida bo‘lganlar va yallig‘lanishga qarshi dori qabul qiluvchilar. 
 
Biroq, Altshteynning fikriga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksina faqatgina immunitet tanqisligi muammosi bor odamlarda foydasiz bo‘lishi mumkin.
 
Altshteynning aytishicha, antitanalar ishlab chiqarish odamning sog‘lig‘iga emas, balki organizmning hech kim bilmaydigan xususiyatlariga bog‘liq. 
 
Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 40 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. 1,12 milliondan ko‘p bemor vafot etgan. 

Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing