Koronavirusga chalinganlar soni 6 nafarga ko‘paydi – SSV
Jamiyat
−
02 aprel 2020
17515O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana 6 nafarga oshib, 187 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Avvalroq, koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari tuzalish arafasida ekani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi