Koronavirus yuqtirganlar soni 21 nafarga oshdi
Jamiyat
−
13 may 2020
91832020 yil 13 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 (+21) nafarni tashkil qilmoqda. Yangidan kasallanish holatlarining 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 6 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ayni paytda mamlakatda davolanayotgan 518 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2040 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi