Karantinning birinchi tongida 159 nafar yangi bemor aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana  159 nafarga ortib, 11 723 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 

- 78 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida; 

- 29 nafari Toshkent shahrida;

- 10 nafari Surxondaryo viloyatida; 

- 5 nafari Xorazm viloyatida;

- 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida;

- 17 nafari Navoiy viloyatida; 

- 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda 7 287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4 384 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing