Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Toshkentda ahvol og‘ir

Jamiyat

image

Bugun, 7 iyun kuni O‘zbekistonda 237 holat (Karantin markazida – 20, Toshkent shahrida – 195, Toshkent viloyatida – 10, Xorazm viloyatida – 8, Sirdaryo viloyatida – 4) da kasallik qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlag‘ vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun 86 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 73 nafari Toshkent shahridagi, 8 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 1 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4331 nafar bemordan 3354 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 960 nafar bemordan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 441 618 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 396 349 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 23 362 nafar, statsionar karantinda esa 21 907 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

2264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing