Koronavirus: O‘zbekistonda ilk bor bir kunda 7 o‘lim qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 22 avgust kuni O‘zbekistonda 458 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 587 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 532 nafar bemordan 34 576 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 689 nafar bemordan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

757

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing