Koronavirus sabab Osiyo chempionati mezbonligi O‘zbekistonga berildi

Sport

image
Yana bir xalqaro musobaqa koronavirusning “qurboni”ga aylandi north_east

Yana bir xalqaro musobaqa koronavirusning “qurboni”ga aylandi

COVID-19 koronavirusi yana bir xalqaro sport musobaqasiga ta’sir o‘tkazdi. Qozog‘istonda o‘tkazilishi belgilangan Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonga ko‘chirildi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa Qozog‘iston hukumati Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlardan bo‘lgan yo‘lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani sababli boshqa joyda o‘tkazishga qaror qilindi.

“Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi (AWF) ijroiya kengashi zudlik bilan vaziyatni muhokama qildi va mezbonlikni Qozog‘istondan O‘zbekistonga berishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Osiyo chempionati 16-25 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Turkmanistonda o‘tishi kerak bo‘lgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati va Xitoyda o‘tishi kerak bo‘lgan boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa qoldirilgandi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar 1873 nafarga, u bilan kasallanganlar 73 335 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

virus Osiyo chempionati

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing