Koronavirus: kunlik kasallanish yana 900 dan ko‘p bo‘ldi

Jamiyat

−

image

2021 yil 11 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 140210 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 925 kishida koronavirus aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•    41 nafari Andijon viloyatida,
•    26 nafari Buxoro viloyatida,
•    73 nafari Jizzax viloyatida,
•    28 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•    19 nafari Navoiy viloyatida,
•    45 nafari Namangan viloyatida,
•    83 nafari Samarqand viloyatida,
•    21 nafari Sirdaryo viloyatida,
•    89 nafari Surxondaryo viloyatida,
•    79 nafari Farg‘ona viloyatida,
•    33 nafari Xorazm viloyatida,
•    91 nafari Toshkent viloyatida,
•    211 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 93 nafar,
•    Buxoro viloyatida 18 nafar,
•    Jizzax viloyatida 85 nafar,
•    Qashqadaryo viloyatida 29 nafar,
•    Navoiy viloyatida 14 nafar,
•    Namangan viloyatida 37 nafar,
•    Sirdaryo viloyatida 45 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 86 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 81 nafar,
•    Xorazm viloyatida 32 nafar,
•    Toshkent viloyatida 105 nafar,
•    Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 133362 (+749) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 956  nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing