Koronavirus: kunlik kasallanish yana 900 dan ko‘p bo‘ldi
Jamiyat
−
12 avgust 2021 4651 2 daqiqa
2021 yil 11 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 140210 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 925 kishida koronavirus aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 41 nafari Andijon viloyatida,
• 26 nafari Buxoro viloyatida,
• 73 nafari Jizzax viloyatida,
• 28 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 19 nafari Navoiy viloyatida,
• 45 nafari Namangan viloyatida,
• 83 nafari Samarqand viloyatida,
• 21 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 79 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 33 nafari Xorazm viloyatida,
• 91 nafari Toshkent viloyatida,
• 211 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 93 nafar,
• Buxoro viloyatida 18 nafar,
• Jizzax viloyatida 85 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 29 nafar,
• Navoiy viloyatida 14 nafar,
• Namangan viloyatida 37 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 45 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 86 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 81 nafar,
• Xorazm viloyatida 32 nafar,
• Toshkent viloyatida 105 nafar,
• Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 133362 (+749) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 956 nafarni tashkil qildi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr