Koronavirus xavfi: Putin ikkinchi marta xalqiga murojaat yo‘lladi

Olam

Rossiya butunlay yopildi north_east

Rossiya butunlay yopildi

Bugun, 2 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus epidemiyasining yoyilishi yuzasidan ikkinchi marta murojaat yo‘lladi. Murojaat 8 daqiqadan oshiqroq davom etdi.

Murojaatda Putin avval e’lon qilingan maosh saqlangan holdagi ta’tilni 30 aprelgacha (shu kun ham) uzaytirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hududlar rahbarlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishini, ular koronavirusga qarshi kurash uchun aniq choralarni belgilab olishlari kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, rossiyaliklarni hukumatning talab va tavsiyalariga o‘ta diqqat bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini qo‘shimcha qildi.

Davlat idoralari, tibbiy muassasalar, dorixona va do‘konlar ishlashda davom etadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 3548 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 30 nafari vafot etgan va 235 nafari davolangan. Dunyoda esa virusga chalinganlar 1 mlnga, qurbonlar 50 mingga qarab ketyapti. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 200 mingdan oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Putin joriy yilning 25 mart kuni koronavirus infeksiyasining mamlakatda tarqalashi yuzasidan xalqiga murojaat yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing