Rossiya butunlay yopildi
Olam
−
28 mart 2020
19767Rossiya Federatsiyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari doirasida chegaralarini butunlay yopdi. RF hukumat rahbari Mixail Mishustin mamlakat chegarasidagi avtomobil, temir yo‘l, piyoda va boshqa o‘tkazuv punktlarida harakatni vaqtincha taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
“Rossiya Transport vazirligiga FXX (Federal xavfsizlik xizmati), FBX (Federal xavfsizlik xizmati) va “Rospotrebnadzor” bilan birgalikda 2020 yil 30 mart soat 00:00 dan avtomobil, temir yo‘l, piyoda, daryo va aralash chegara o‘tkazish punktlarida harakat vaqtincha taqiqlansin”, deyildi hujjatda.
Shuningdek, hujjatda ushbu cheklovlar Rossiyaning Belarus bilan chegarasidagi o‘tkazish punktlariga ham taalluqli ekani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Rossiyada 1264 nafar koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemor aniqlangan. Ularning 4 nafari vafot etgan va 49 nafari davolangan.
Avvalroq, Rossiya hukumati chet eldagi rossiyaliklarni qaytarish uchun tashkil qilinadigan charter reyslardan boshqa barcha parvozlarni taqiqlagani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi