Koronavirus xavfi: Odil Ahmedov Xitoydan Toshkentga qaytadi
Sport
−
02 fevral 2020
16075Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyda yangi 2019-nCoV koronavirusi tarqalgani sababli jamoasini tark etishi mumkin.
“Shanxay SIPG” jamoasi o‘yinchisi Odil Ahmedov Xitoyda tarqalgan koronavirus sababli jamoadan ketishi mumkin”, deb yozmoqda Odil Ahmedov fan klubi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, Odil Ahmedovning Toshkentga qaytayotgani haqida ham ma’lumotlar urchidi.
Avvalroq, O‘zbekiston Xitoydagi fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 4-5 fevral kunlari charter reyslar jo‘natishi ma’lum bo‘lgandi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
Virusdan halok bo‘lganlar soni 305 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 14559 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi