Koronavirus xavfi: Abxaziya o‘zbekistonliklar uchun “eshiklari”ni yopdi

Olam

image

Abxaziya joriy yilning 4 fevralidan “Psou” va “Ingur” nazoratdan o‘tish joylari orqali beshta davlat fuqarolarining kirishiga vaqtincha cheklov o‘rnatdi. 

Cheklovlar Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan joriy etildi. Ta’kidlash kerakki, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi, shuning uchun bunday bayonotni kutilmagan holat deyish mumkin. 

“Bizda Armaniston va Janubiy Afrika mamlakatlaridan kelgan muhojirlar ham bor, ammo ularga cheklov qo‘ymaslikka qaror qildik, chunki u yerda kasallik o‘choqlari topilmadi”, deydi rasmiylardan biri.

Qayd etilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy qilgan favqulodda holat olib tashlanishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 638 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 31 481 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

virus Abxaziya

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing