Koronavirus qurbonlari soni 638 nafarga yetdi
Olam
−
07 fevral 2020
6753Bugun, 7 fevral kuni holatiga Xitoyda paydo bo‘lgan yangi koronavirus qurbonlari soni 638 nafarga yetib, kechagiga nisbatan 73 nafarga ko‘paydi. Qurbonlarning faqatgina ikki nafari Xitoydan tashqarida vafot etgan.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 3205 nafarga ortib, 31 481 nafarga yetdi. Bemorlarning 31 161 nafari Xitoyda qayd etilgan. Qolganlari dunyoning 26 davlatida aniqlangan.
Koronavirusdan davolanganlar soni 355 kishiga ko‘payib, 1563 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich kecha 1208 nafarga teng edi. Bemorlarning 4824 nafari yoki 15 foizining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi