Koronavirus – Qozog‘istonda vafot etganlar, Qirg‘izistonda esa kasallanganlar soni oshdi

Olam

image

Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri olamdan o‘tdi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni Nur-Sulton shahri jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Saule Kisikova ma’lum qildi.

“Nur-Sulton shahrida 175 ta koronavirus holati qayd etildi. Ularning 169 nafari davolanmoqda. 15 bemorga shifo topgani uchun, uyiga ruxsat berilgan. Bugun, 31 mart kuni bemorlardan biri vafot etdi”, dedi Kisikova.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan bemorning yoshi 50 da bo‘lib, u 21 mart kuni shifoxonaga yotqizilgan. U bir oy mobaynida kasal bilan og‘rib yurgan, ammo shifokorlarga murojaat qilmagan.

Qozog‘istonda 26 mart kuni ham bir bemor koronavirusdan vafot etgan edi.

Qirg‘izistondagi holat

31 mart holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga ortgan va umumiy hisobda 107 nafar bemorni tashkil etmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida tashkil etilgan shtab boshlig‘i Qosimbek Mambetov ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlarning 49 nafari erkak va 58 nafari ayollardir. Bemorlarning 11 nafari 15 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. 31 nafarini esa keksa kishilar tashkil etmoqda. Ularning barchasi maxsus shifoxonaga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qirg'iziston

Baholaganlar

465

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing