Koronavirus: Braziliya 1 millionlik “dovon”ni bosib o‘tdi
Olam
−
20 iyun 2020
6582Braziliyada koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni 1 milliondan oshdi. Bu haqda 19 iyun kuni kechqurun e’lon qilingan rasmiy statistik ma’lumotlarda so‘z ketadi.
Yangilangan hisobotga ko‘ra, o‘tgan kun davomida 54 771 ta yangi infeksiya holati qayd etildi. Shu sabab koronavirusga chalinganlar soni 1 032 913 nafarga yetdi.
Infeksiya sababli vafot etganlar soni 1 206 nafarga ko‘paydi va jami 48 954 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 507 200 kishi sog‘aygan.
Mamlakatda infeksiya tarqalishining asosiy yo‘nalishi San-Paulu shtati va xuddi shu nomdagi poytaxti hisoblanadi. Hududda 211 658 kasallangan bemor bor. 12 232 nafari vafot etgan. Hukumat iyun oyi boshida ijtimoiy cheklovlarni bosqichma-bosqich tark etish va avvalgi turmush tarziga qaytishni e’lon qilganidan so‘ng, yangi infeksiyalar sonining ko‘payishi tendensiyasi yuzaga keldi. Bu esa shtatning ayrim hududlarida mahalliy aholi va ishbilarmonlarga nisbatan cheklovlarni yana kuchaytirishga majbur qildi.
Ikkinchi o‘choq qo‘shni Rio-de-Janeyro (93 378 bemor) bo‘lib, u yerda 8 595 kishi koronavirus tufayli vafot etgan. Iyun oyining boshidan boshlab chorshanba kuni qayd etilgan koronavirus ta’siridan kunlik o‘limlar soni doimiy ravishda pasayishi fonida, savdo markazlari va sport tadbirlarining tiklanishi (shu paytga qadar tomoshabinlarsiz) to‘g‘risida qo‘shimcha iqtisodiy faoliyat e’lon qilindi.
Infeksiyaga chalingan va vafot etganlarning soni bo‘yicha uchinchi o‘rin shimoli-sharqiy Seara shtatidir. Bu yerda o‘tkazilgan deyarli 213 mingta koronavirus testidan 89 863 tasi ijobiy natijani ko‘rsatgan. Yana 57 980 kishi shifokorlar tomonidan shubha ostida qolmoqda, 5 460 nafar shtat aholisi koronavirusdan vafot etdi.
LiveBarchasi