COVID-19. Braziliya fojiasining sababi aytildi
Olam
−
18 iyun 2020
14817Qo‘shni mamlakatlardan farqli o‘laroq, Braziliyada COVID-19 kasalligi nega shunchalik aniqlangani haqida bir nechta farazlar mavjud. Ulardan biri dastlab chetdan kelganlarda kasallikning ko‘p uchrashi bo‘ldi. Bu haqda San-Paulu universiteti professori, vaksinologiya va yuqumli kasalliklar asoslari mutaxassisi Elder Nakaya aytib o‘tdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir millionga yaqinlashmoqda – 955 ming 377 kishi, 46 ming 510 bemor infeksiya oqibatida vafot etgan.
"Braziliyada COVID-19 hodisalari nega shunchalik ko‘p bo‘lishiga bir nechta faraz mavjud. Birinchidan, bu juda katta mamlakat. Ikkinchidan, bu xab, Janubiy Amerikadagi eng muhim mamlakat hisoblanadi. Shuning uchun kasallikning avj olishiga AQSH va Yevropadan kelgan odamlar sabab bo‘lgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Biz ko‘p sonli bemorlarni qabul qilib oldik", dedi olim.
Nakayaning ta’kidlashicha, siyosiy jihat bor – Braziliya Prezidenti ushbu kasallikning jiddiyligiga ishonmaydi. Jair Bolsonaru shtatlardagi koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun savdo va xizmatlarni cheklovchi qoidalarni faol tanqid qilmoqda. Mart oyida u hech qanday koronavirus uni sindira olmasligini e’lon qildi va JSST tomonidan e’lon qilingan pandemiya fonida u kasallikni "ko‘p bo‘lmagan gripp", deb atadi.
Olimning fikriga ko‘ra, karantin – kasallik yoyilishiga qarshi eng yaxshi usuldir. "Virusning Braziliyada mahalliy tarqalishi mart oyidan beri davom etmoqda va hozirda u kichik shaharlargacha yetib bordi. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, yirik shaharlarda ham kasallikning tez yoyilishi kuzatilmoqda. Braziliya hozirda Janubiy Amerikadagi epidemiya markazidir", dedi Nakaya.
LiveBarchasi