Braziliyada bir kunda rekord darajadagi odam koronavirusdan vafot etdi
Olam
−
04 iyun 2020
13080Kun davomida Braziliyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 1 349 nafarga oshib, 32488 ga yetdi va bu bilan bir kun oldin o‘rnatilgan rekordni yangiladi (1 262). Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Vafot etganlar soni bo‘yicha Braziliya Italiyani quvib o‘tmoqda. Ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada bugunga qadar koronavirus tufayli 33 601 kishi olamdan o‘tgan.
Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana 4,1 ming kishining o‘lim sabablari tekshirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining yangilangan hisobotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 584 016 ni tashkil etadi. Shundan 28 633 kishi oxirgi 24 soat ichida aniqlangan va 238 617 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.
Mamlakatda infeksiya tarqalishining asosiy o‘chog‘i janubi-sharqiy shtat San-Paulu va uning shu nomdagi poytaxti bo‘lib, bu yerda 21 milliondan oshiq odam istiqomat qiladi. Hududda bu kasallikka chalinganlar soni 123,5 mingdan oshdi, 8,2 mingdan ziyod kishi olamdan o‘tdi. Ikkinchi o‘choq esa qo‘shni Rio-de-Janeyro bo‘lib, 59,2 mingdan ortiq odam infeksiyadan zararlangan. 6 010 bemor vafot etgan. Uchinchisi - shimoliy-sharqiy Seara hisoblanadi (56 mingdan ko‘proq odam kasallangan va 3 605 vafot etgan).
LiveBarchasi