Tarafkashliksiz ishlasin – Braziliya Prezidenti JSSTga tahdid qildi
Olam
−
06 iyun 2020
5480Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) g‘oyaviy noaniqlikda ayblab, o‘z mamlakatini undan chiqib ketishini aytib, tahdid qildi. Bu haqda “France Press” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men hozirning o‘zida sizga aytaman. Qo‘shma Shtatlar JSSTni tark etdi va biz (bu imkoniyatni - tahr.) ko‘rib chiqyapmiz. Yoki JSST g‘oyaviy tarafkashliksiz ishlaydi yoki biz undan chiqib ketamiz", deya agentlik Prezidentning so‘zlarini keltiradi.
Ma’lumot o‘rnida, Braziliya ayni paytda koronavirusning yangi o‘choqlaridan biri hisoblanadi. 4 iyun kuni mamlakatda bir sutkada virusdan vafot etganlar soni rekord darajaga chiqdi – 1 349 nafar.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada bugungacha 646 006 ming kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, 302 084 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi. 35 047 bemor esa hayotdan ko‘z yumdi.
LiveBarchasi