Koronavirus avj olgan Braziliyada yana bir virus epidemiyasi boshlandi

Olam

image

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida avj olgan “A” grippi epidemiyasi so‘nggi uch hafta ichida koronavirus infeksiyasiga qaraganda kuchli o‘tkir respirator sindrom holatini ko‘proq keltirib chiqardi. Bu haqda braziliyalik epidemiologlar xabariga asoslanib TASS ma’lum qildi.

“Rio-de-Janeyroda kuchli o‘tkir respirator sindromi bilan kasallangan bolalarda ham, kattalarda ham “A” grippi virusi qayd etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu grippning  SARS-CoV-2 virusiga qaraganda tasdiqlangan holatlari sezilarli darajada ko‘p», deyiladi ilmiy uyushma axborot byulletenida.

Shuningdek, gripp belgilari bilan davlat tibbiyot muassasalariga keluvchilar soni odatdagidan to‘rt barobar ko‘pligi aniqlangan. Oxirgi uch hafta ichida 23 mingdan ortiq bemorda “A” grippi, 4,5 mingdan sal ko‘proq kovid holatlari tasdiqlangan.

Bundan tashqari, shtat rasmiylari, so‘nggi 14 kun ichida bu infeksiya bilan kasallanish deyarli 240 foizga  oshganini aytishmoqda.

Ma’lumot uchun, Braziliya koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlardan biri hisoblanadi mamlakatda 22 177 059 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 616 457 nafari vafot etgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

omikron

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing