Koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda yirik bozor va savdo markazlari avgustgacha yopildi

Olam

image

Turkmanistonda yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish uchun yangi cheklovlar joriy qilindi. Xususan, odamlar to‘planadigan joylarda 2 metr masofani saqlash kerak. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar berdi.

21 iyuldan 1 avgustgacha yirik savdo markazlari va bozorlar tozalash va dezinfeksiya ishlari uchun yopiladi. Ushbu savdo muassasalarida oziq-ovqat va birlamchi mahsulotlar sotuvchi rastaar ishlayveradi.

Shuningdek, bu davrda xizmat ko‘rsatish sohasidani kinoteatr, teatr, park, o‘yin attraksionlari, muzey, go‘zallik salonlari, sartaroshxona, hammom va atelelar yopiq bo‘ldi. Sport majmualari: basseyn, fitnes va aerobika klublari ham yopiladi.

Bugundan to oy oxirigacha umumiy ovqatlanish joylari – restoran, kafe, bar, oshxona va choyxonalar ham yopiladi. Ular yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin.

Davlat ijoralari va boshqa tashkilotlarga mulkiy shaklidan qat’iy nazar xodimlarini mehnat ta’tiliga chiqarish tavsiya qilindi.

Shu tariqa Turkmaniston yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktika choralarini ko‘rib boryapti. Avvalroq, mamlakatda diniy muassasalar yopilib, niqob taqish majburiy etib belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda bo‘lgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi Turkmanistonda koronavirus bor deb ishonch bilan ayta olmadi. Ammo hukumatga koronavirus bordek choralar ko‘rish tavsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Turkmaniston

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing