Koreyaga yuborish uchun $55 ming so‘ragan “shovvozlar” qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkentda fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, undan katta miqdorda pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida A.X. va N.A. ismli shaxslar fosh etilgan. Ular fuqaro A.S. ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish hamda u yerdan doimiy yashash guvohnomasini olib berishni va’da qilgan.

Bu xizmatlar evaziga ular 55 ming AQSH dollari talab qilgan va kelishilgan puldan 25 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida fuqaroni Isroilga ishga yuborishni va’da qilib, undan 16 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing