Isroilga yuborish evaziga $16 000 so‘ragan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
17 iyul 2182 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Urgut tumanida fuqaroni Isroilga ishga yuborishni va’da qilib, pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro R.B. fuqaro R.M.ni 16 000 AQSH dollari evaziga Isroilga ishga yuborishini aytib, kelishilgan mablag‘ning 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) hamda 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 3 nafar fuqaroni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan qariyb 20 000 AQSH dollari va 2 million so‘m olgan shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi